
Zikrulloh
> g'oyadan ishlaydigan mahsulotgacha_
Telegram bot, landing va veb-ilova quraman. Har bir loyiha aniq narx, muddat va yozma kelishuv bilan boshlanadi.
10+
loyiha
1+
yil tajriba
10+
texnologiya
// portfolio
Ishlarim
Har biri real muammoni hal qilgan jonli loyihalar.
// xizmatlar
Nima buyurtma qilish mumkin
Aniq muddat, aniq narx — ortiqcha gap yo'q.
Landing sahifa
7–10 kunMahsulotingizni sotadigan, tez ochiladigan bir sahifali sayt.
Shaxsiy brend-sayt
7–10 kunIsmingiz, ishlaringiz va aloqa kanallaringiz bitta manzilda — mijoz sizni jiddiy qabul qiladi.
Telegram bot va mini-app
10–14 kunBiznesingiz Telegram'da buyurtma qabul qiladi va mijoz bilan avtomat ishlaydi.
SI avtomatlashtirish
Suhbatdan keyin aniqlanadiQo'lda qilinadigan takrorlanuvchi ishlarni SI bajaradigan qilib sozlayman.
Veb-ilova / biznes tizimi
Suhbatdan keyin aniqlanadiHisobot, mijozlar bazasi yoki ichki jarayonlar uchun brauzerda ishlaydigan tizim.
// jarayon
Qanday ishlaymiz
Birinchi suhbatdan topshirishgacha — shaffof jarayon.
- 01
Suhbat
G'oyangizni gaplashib olamiz — bepul va majburiyatsiz.
Savollaringizga o'sha kuni javob
- 02
Taklif va narx
24 soat ichida aniq reja, muddat va narx yuboraman.
Yashirin to'lovlar yo'q
- 03
Qurish
Har kuni jonli demo ko'rasiz — jarayon to'liq shaffof.
Kunlik demo
- 04
Topshirish
Loyiha sizniki. Kichik tuzatishlar bepul.
Topshirilgach ham qo'llab-quvvatlash
// tarmoqlar
Meni qayerdan topasiz
To'g'ridan-to'g'ri yozing yoki ishlarimni ko'ring.
// savol-javob
Ko'p so'raladigan savollar
Narx qanday aniqlanadi?
Loyiha hajmi va muddatiga qarab. Suhbatdan keyin 24 soat ichida aniq taklif va narx yuboraman — yashirin to'lovlar yo'q.
Qancha vaqt ketadi?
Landing va brend-sayt — 7–10 kun, Telegram bot — 10–14 kun. Kattaroq tizimlar suhbatdan keyin aniqlanadi. Muddat kelishilgach, kunlik demo bilan boraman.
Jarayon qanday kechadi?
Suhbat → taklif va narx → qurish (har kuni natijani ko'rasiz) → topshirish. Har bosqichda siz bilan aloqadaman.
To'lov qanday?
Odatda 50% boshida, 50% topshirishda. Qulay usulni kelishamiz.
Topshirilgandan keyin nima bo'ladi?
Topshirib, g'oyib bo'lib qolmayman. Topshirilgandan keyin 30 kun ichida mening ishimda chiqqan har qanday nosozlik bepul tuzatiladi — bu mening xarajatim, sizniki emas. Kelishilgan hajmdan tashqari yangi funksiya yoki o'zgarish uchun boshlashdan oldin alohida narx aytiladi — kutilmagan hisob-kitob bo'lmaydi.
Kodga kim egalik qiladi?
Loyiha to'liq sizniki — kodi ham, domeningiz ham. Agar ochiq kodli asosdan foydalansam, bu litsenziya (odatda MIT) orqali ruxsat etilgan va sizga hech qanday cheklov qo'ymaydi.
Jarayon o'rtasida fikrim o'zgarsa-chi?
Muammo emas. Har kuni natijani ko'rib turasiz, shuning uchun fikringiz o'zgarsa — hali arzon bosqichdayoq buni aytasiz va yo'nalishni birga to'g'rilaymiz.
Mavjud loyiham bor — uni davom ettira olasizmi?
Ha. Kodingizni ko'rib chiqaman, qaysi qismini saqlab qolish va qaysi qismini yaxshilash kerakligini aytaman — noldan qayta yozish shart emas.
// aloqa
Buyurtma berish
Loyihangiz haqida qisqacha yozing — har bir xabarga o'sha kuni javob beraman.

